Mourinyo: "Shvetsiya - Meksika o'yinida - g'oyalar jangi bo'ladi"

Mirjalol Normatov
27 iyun 2018, 12:39
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Shvetsiya - Meksika o'yini oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

"Barchasi jamoalarning maqsadiga bog'liq. Ikki termada ham xarakter bor, o'zgacha uslubda o'yin tashkil qilishadi.

Saralash bosqichida Shvetsiyaning ko'plab o'yinlarini tomosha qildim. Ular taktik, jamoaviy o'yinni yaxshi o'ynashadi, superkreativ futbolchilar juda ko'p.

Meksikaliklar esa tezroq, hujumkorroq o'yin ko'rsatishadi. Shu boisdan ham ushbu bahsda g'oyalar jangi bo'ladi deb hisoblayman", - dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru