Mourinyo: "Shou maydonga tushishga tayyor"

Mirjalol Normatov
14 sen 2018, 21:25
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo himoyachi Lyuk Shouning holatiga baho berdi.

"Hozircha asosiy tarkib borasida bir qarorga kelmadim. Oldinda bir necha mashg'ulotlar bor. Shifokorning ma'lumotiga ko'ra, Shou o'ynashga tayyor. Faqatgina, u o'tgan haftada biz bilan mashg'ulotlarda qatnashmadi.

Fellayni va Erreraning uchrashuvida qatnashishi ham so'roq ostida. Dalot va Roxo yoshlar jamoasi uchun o'ynashmoqda. Biroq keyingi haftadan ularning xizmatidan foydalashni boshlaymiz.

Reshford esa diskvalifikaciya qilingan. Uning Angliya termasidagi o'yini menga juda ham yoqdi. Markus qattiq kurashdi va gol urishga erishdi", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: MANUTD_TV