Mourinyo PSJ futbolchisini "Tottenxem"ga taklif qildi

Alisher
25 apr 2020, 18:46
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyo PSJ himoyachisi Toma Myoneni o'z jamoasida ko'rmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, Mourinyo belgiyalik futbolchiga qo'ng'iroq qilgan va unga keyingi mavsum London jamoasi uchun o'ynashni taklif qilgan.

Futbolchiga qiziqayotgan jamoalar orasida "Inter", "Manchester Yunayted" va Dortmundning "Borussiya" klublari ham bor.

28 yoshli belgiyalik joriy mavsum PSJ libosida barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: lequipe.fr