Mourinyo MYU futbolchisini o'z shtabiga taklif qildi

Aslanov Jasurbek
26 noya 2017, 13:54
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning ma'lum qilishicha, jamoa sardori Mayk Kerrik futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng murabbiyning shtabiga kirishi mumkin.

36 yoshli futbolchi yuragidagi muammo tufayli sentyabrdan beri maydonga tushgani yo'q.

"Maykl mening murabbiylar shtabimda u uchun bo'sh joy borligini biladi. U hozir ham bo'sh. Biz rahbariyat bilan shuni istaymiz. Kerrik o'zi uchun qulay vaziyatda, uning kelajagi biz bilan bog'liq. U mavsum oxirigacha futbolchi bo'lishni xohlamoqda" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com