Mourinyo “Manchester Yunayted” bilan kelishuvga erishdi

Narzulla Saydullayev
20 mar 2016, 14:02
“Chelsi” klubining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Manchester Yunayted” bilan dastlabki kelishuvga erishdi.

El Pais nashrining xabar berishicha, agar ingliz klubi 1 may kuniga qadar portugaliyalik mutaxassis bilan shartnoma imzolamasa, Jozega 5 million funt sterling topol puli to'laydi.

Mabodo shartnoma 1 iyungacha imzolanmasa, Mourinyo “MYU”dan 10 million funt (13 million evro) sterling oladi. Bu Jozening shartlari. 29-turdan so'ng “Qizil iblislar” Lui van Gal boshchiligida Premer-ligada 6-o'rinni egallab turishibdi. Bugun ular Manchester derbisida “Manchester Siti” klubi mehmoni bo'lishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: El Pais