

Portugaliyalik mutaxassis 2010-2013 yillarda "Real"da ishlagan paytlari 3,3 mln. evro miqdorida soliq to'lamaganlikda ayblanayotgan edi.
Ma'lum bo'lishicha, 3 noyabr kuni portugaliyalik sud qarshisida javob bergan. Eshituv jarayoni yakunlanganidan so'ng portugaliyalik hozircha noma'lum bo'lgan miqdorda pul to'lagan va ish yopilgan. Bu haqda Mourinyo jurnalistlarga aytib berdi.
"Menga soliqlarning barchasi qonuniy ekanligini aytishgan. Biroq bir necha yil oldin ish ochilganini aytishdi. Bu muammoni hal qilish uchun ma'lum miqdorda pul to'lashimga to'g'ri keldi. Bahslashmadim va barcha qog'ozlarga qo'l qo'yib, pulni to'lab berdim. Aynan shu sababli bu yerdaman" - deydi Mourinyo.



