Mourinyo Konferenciyalar Ligasidagi g'alabadan so'ng fikr bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
26 may 2022, 09:35
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Konferenciyalar ligasidagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Torino"ga qarshi o'yindan so'ng (3:0) kiyinish xonasida yigitlarga qilishimiz kerak bo'lgan ishni bajarganimizni - Yevropa ligasiga yo'l olganimizni aytdim. Bugun esa ishlagani emas, tarix yozish uchun o'ynadik va biz buni uddaladik. 

Konferenciyalar ligasini yutishimizni boshidan his qildik. O'yinlar qiyinlashib bordi, g'oliblik uchun "Marsel", "Feyenoord" kabi jamoalar da'vogarlik qilishgandi. 

"Roma"da qolaman va bunga shubha yo'q. Rimda qolishni istayman. Klubda yaxshi va halol xo'jayinlar bor va bu tarix yangi taklif olishi kerak. Loyihani davom ettirib, keyingi mavsum uchun rivojlanish rejasini aniqlab olishimiz zarur. 

Barcha xalqaro sovrinlar muhim. Faqat men va Trapattoni Evrokuboklarda 5 marta g'alaba qozondik. O'zimni qariya deb his qilyapman. Endi g'alabadan zavqlanib, tatilni sohilimda o'tkazmoqchiman", - dedi Mourinyo. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sport