Joze Mourinyo: "Inter" bilan trebl qayd etganimni "Yuventus" ishqibozlari ko'tara olmagan"

Mirjalol Normatov
25 okt 2018, 01:01
"Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyo o'zining uchta barmog'ini ko'rsatgan holda, "Yuventus" muhlislariga javob qaytargandi.

YCHL guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Yuventus" bellashuvida turin klubi ishqibozlari Joze Mourinyuni bemani so'zlar bilan haqorat qilishdi. Bunga javoban, portugaliyalik murabbiy muhlislarga barmog'i bilan uch raqamini ko'rsatdi.

Uchrashuvdan keyin matbuot anjumanida Joze o'ziniing bu reakciyasiga quyidagicha izoh berdi.

"Muxlislarning holatini tushunish kerak. Tabiiyki, ular meni yoqtirishmaydi. "Inter"da bir mavsumda uchta sovrin yutib trebl qayd etganim - ular uchun og'ir daqiqalar edi. Ular buni ko'tara olishmagandi.

"Yuventus" futbolchilari, murabbiylari va klub rahbariyati bilan munosabatim iliq va ularni hurmat qilaman", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports