

"Men bosim ostida emasman. Bosim ostida deb Yevropada yashash uchun joy qidirayotgan qochoqlarni aytsak bo'ladi. Tan olaman, bu faoliyatimdagi eng yomon natijalar. Lekin, bu meni murabbiylik sifatlarimni yo'q qilib yubora olmaydi. Matbuot bizni istaganicha tanqid qilishi mumkin. Bu ularning huquqlari. Lekin, ularning ko'pchiligi Angliyaning amaldagi chempioni ekanligini unutib qo'yishmoqda", - deydi murabbiy.



