Mourinyo allaqachon Londonda va "Chelsi"ni qabul qilib olishga tayyor

Alisher
11 iyun 2019, 15:04
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo 3-marta "Chelsi" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Mauricio Sarri yaqin vaqtlarda "Yuventus"ga ketadi. "Aristokratlar"ning yangi murabbiyiga esa eng kuchli to'rtlikka kirish talabi qo'yiladi.

56 yoshli Mourinyoni 10 iyunda Londonda agenti bilan ko'rishgan.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik murabbiy "Chelsi"ni 2004-2007 va 2013-2015 yillarda boshqargan. Joze 2018 yil dekabrdan beri, yani MYUdan ketganidan buyon ishsiz yuribdi.

Yakunlangan mavsumda "Chelsi" Sarri qo'l ostida APLda 3-o'rinni egalladi va Yevropa Ligasida zafar quchdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun