"Monako" "Yuventus" yarim himoyachisini sotib olganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
15 avg 2023
"Monako" matbuot xizmati "Yuventus" yarim himoyachisi Denis Zakariya bilan shartnoma imzoladi.

Futbolchi bilan shartnoma 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfer summasi 20 million evroni tashkil qildi.

Zakariya Shveytsariya terma jamoasi a'zosi sanaladi. U terma bilan Evro-2016 hamda Evro-2020 musobaqalarida, shuningdek, 2018 va 2022 yillardagi JCHda qatnashgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asmonaco.com