​ "Monako" yana bir himoyachini o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi

2 yanv 2019, 21:31
Fransiya chempionatida yaxshi natija ko'rsata olmayotgan "Monako" o'z tarkibini kuchaytirmoqchi.

RMS nashrining ma'lumotiga qaraganda, "Shalke" himoyachisi Naldo "Monako" klubiga o'tishga yaqin turibdi. Manbaning xabar berishicha, tajribali braziliyalik francuz klubi bilan muzokara olib borgan va deyarli kelishuvga erishgan. Naldo "Shalke" bilan tuzgan amaldagi shartnomani bekor qilib, "Monako"ga erkin agent sifatida yo'l olishi kutilmoqda. Futbolchi joriy mavsum Bundesliga o'yinlarida 7 marta ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: RМС