Modrich transfer borasida o'zi "Inter" bilan bog'langan ekan

Aslanov Jasurbek
20 avg 2018, 00:35
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich "Qirollik klubi" hamda "Inter" o'rtasidagi kelishmovchilikda Italiya klubini himoya qildi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "qaymoqranglilar" "Inter" ulardan ruxsat olmay Modrich bilan muzokara o'tkazgani tufayli FIFAga arz qilgan edi. Yarim himoyachining so'zlariga ko'ra, futbolchi transfer borasida italiyaliklar bilan o'zi bog'langan ekan.

Luka Modrich va "Real" o'rtasidagi bitim 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Madridliklar prezidenti Florentino Peres 32 yoshli xorvat bilan xayrlashmoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport