MLS: MYU sobiq futbolchilari duelida Ibra jamoasiga g'alaba keltirdi

Mirjalol Normatov
15 apr 2018, 10:25
Kecha tunda MLSning 7-turidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Kunning asosiy qarama-qarshiligida Zlatan Ibragimovich harakat qiladigan "Los-Anjeles Gelaksi" jamoasi safarda Bastian Shvaynshtayger to'p tepadigan "Chikago Fayr" klubiga qarshi maydonga chiqdi.

Bahsda 0:1 hisobi qayd etildi va yagona golni Zlatan Ibragimovich kiritdi.

"Chikago Fayr" - "Los-Anjeles Gelaksi" 0:1
Gol:
Zlatan Ibragimovich (45+1).

Ikki futbolchi ham oldin "Manchester Yunayted" tarkibida birga o'ynashgan.


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia