MLS. "Inter Mayami" navbatdagi uchrashuvda jangovar durang o'ynadi

12 apr 2026, 07:55
MLSning navbatdagi turida "Inter Mayami" o'z uyida "Nyu-York Red Bull" jamoasini mehmon qildi.

Uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang natijasi bilan yakunlandi. Mezbonlar safida Mateo Silvetti va Xerman Berterame gol urishdi. Ushbu gollarning biriga Lionel Messi assist amalga oshirgan. Mehmonlar safida Xorxe Ruvalkaba va Adri Mexmeti o'z nomlarini tabloga yozib qo'yishgan.



Manba: championat.com