MLS. Beyl debyut golini urdi va jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi

Eldor Akmurzayev
24 iyul 2022, 08:20
MLS 22-turida G'arbiy Konferenciyada peshqadamlik qilayotgan “Los Anjeles” safarda “Sporting Kanzas Siti”ga qarshi to'qnash keldi.

Uchrashuvda hisob mehmonlar a'zosi Kristian Arango tomonidan ochildi. 2-taym o'rtalarida zaxiradan o'yinga qo'shilgan Garet Beyl yangi jamoasida debyut golini urdi va uchrashuvga yakuniy nuqta qo'ydi – 2:0. Uelslik o'tgan turda yangi jamoasidagi ilk o'yinini o'tkazgan.

Eslatib o'tamiz, “Los Anjeles” musobaqa jadvalida 45 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia