

Ma'lum bo'lishicha, "Milan" prezidenti Silvio Berluskoni "Verona"ga qarshi durangdan so'ng murabbiyga shart qo'ygan. Unga ko'ra jamoa Italiya kubogida "Sampdriya" hamda chempionat doirasida "Frozinone" ustidan g'alaba qozonishi lozim. Shundagina murabbiy ikkinchi davra boshlanishiga qadar o'z lavozimida qolishi mumkin ekan. Agar milanliklar g'alaba qozona olishmasa Mixaylovich ishdan ketadi.



