Mixael Ballakning o'g'li YTH tufayli vafot etdi

Sherzod Nurmatov
5 avg 2021
Germaniya terma jamoasi va bir qator Yevropa klublari sharafini himoya qilgan Mixael Ballak oilasida og'ir judolik bo'ldi.

Xabarlarga ko'ra, sobiq futbolchining farzandi bu hayotdan ko'z yumdi. 18 yoshli Emilio tunda kvadrocikllar avariyasi oqibatida vafot etdi. Mudhish yo'l-transport hodisasi Portugaliyada Ballakka tegishli uy yaqinida sodir bo'ldi.

Ballak "Bayer", "Bavariya" va "Chelsi" kabi klublarda o'ynagan. 4 karra Germaniya chempioniga, 1 marta Angliya chempionati g'olibiga aylangan. Shuningdek, ikki marta Chempionlar Ligasi finalida o'ynashga musharraf bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror