Mirfayz Muhiddinov: "Lokomotiv" kuchli, ammo futbolda mag'lub bo'lmaydigan jamoa yo'q"

Narzulla Saydullayev
22 okt 2016, 11:51
"Buxoro” - “Lokomotiv” uchrashuvi oldidan Yoshlar ligasi doirasidagi o'rinbosarlar bahsida (2:2) mezbonlar jamoasi safida faol ishtirok etib ikkinchi golga mualliflik qilgan Mirfayz Muhiddinovning mazkur o'yin hamda oliy liga doirasidagi o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- O'yin juda keskin o'tdi. Garchi maydonga yoshlar tarkibi tushgan bo'lsa-da bu “Lokomotiv” jamoasi edi. O'ylaymanki murakkab jamoaga qarshi yaxshi bahs o'tkazdik. Qolaversa, birinchi davrada o'rinbosarlar o'yinida ushbu jamoani yutganimiz uchun ham o'zimizga bo'lgan ishonch yuqori edi. Shu bois butun o'yin davomida ustunlikni o'z qo'limizda saqlab turdik. Faqatgina qo'shib berilgan vaqtning so'nggi soniyalarida xotirjamlikka berildik shekilli gol o'tkazib yubordik. Bu paytda nazarimda vaqt ham tugab bo'lgandek tuyulgandi. Qolaversa “Loko” gol urishi bilan final hushtagi chalindi.

Ammo nima bo'lganda ham biz yaxshi o'yinlarimizdan birini ko'rsatdik. O'rinbosarlar bahsida ham natijaga emas, futbolchilar o'yin sifatiga ko'proq e'tibor qaratiladi deb o'ylayman.

Ertangi o'yin? To'g'ri “Lokomotiv” kuchli jamoa, ayni paytda turnir yetakchisi. Ammo futbolda mag'lub bo'lmaydigan jamoa yo'q. Akalarim o'z o'yinlarini namoyish etishsa nasib etsa albatta g'alaba qozonamiz, - deydi Mirfayz Muhiddinov.


"Buxoro" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia