

Futbolchi mashg'ulotda mushagini shikastlab oldi. Tekshiruvda jiddiy jarohat aniqlanmadi, ammo uning safga qaytish muddati aniq emas. Jamoa murabbiylar shtabi uni 20 dekabr kuni bo'lib o'tadigan "Uotford"ga qarshi bahs qaydnomasiga kiritmaydi.
Mersisaydlar himoyachisi Deyan Lovrenning jarohati ham jiddiy bo'lib chiqmadi. U dushanbadan mashg'ulotlarga qaytadi va "Lester Siti"ga qarshi uchrashuvgacha formasini tiklab olishi mumkin. Mamadu Sako jarohatidan to'liq qutildi va "Uotford"ga qarshi maydonga tusha oladi.



