Millatlar Ligasi. Keyn darvozaga eng ko'p zarba bergan, ammo gol urolmagan futbolchi

Eldor Akmurzayev
19 noya 2020, 21:40
Angliya terma jamoasi “A” divizioni 2-guruhida uchinchi o'rin bilan musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Inglizlar forvardi Xarri Keyn esa turnirda o'z hisobiga birorta ham gol yozib qo'ya olmadi. WhoScored hisob-kitobiga ko'ra, Keyn raqib darvozasiga 24 bor zarba yo'llagan. U mazkur natija bo'yicha Millatlar Ligasida yetakchiga aylandi.

Qayd etish joiz, 27 yoshli hujumchi Evro-2020 saralashida to'purar bo'lgandi. U joriy mavsum klub miqyosida 14 o'yinda qatnashib, 13+10 natija ko'rsatib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: WhoScored