Millatlar ligasi finalida Benzemaning kiritgan goli turnirda eng yaxshisi deb topildi

Aslanov Jasurbek
13 okt 2021, 19:31
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema Millatlar ligasida eng chiroyli gol muallifi deb tan olindi.

33 yoshli hujumchining Ispaniyaga qarshi final uchrashuvida (2:1) urgan goli eng yaxshi deb topildi.

Benzema 66-daqiqada jarima maydonchasi tashqarisidan tepgan to'pi bilan hisobni tenglashtirdi, francuzlarga g'alaba taqdim etgan golni esa 80-daqiqada Kilian Mbappe kiritdi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/EURO2024