Militao "Real"ni tark etishi mumkin

28 dek 2020, 01:15
Madridning "Real" klubi himoyachisi Eder Militao qishki transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin.

Defensacentral xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi "qirollik klubi"dagi holatidan norozi. U allaqachon jamoa rahbariyatiga David Alaba bilan shartnoma imzolansa, ketishini ma'lum qilgan. Militao "Real"da o'yin amaliyotining kamligi Braziliya terma jamoasi chaqiruviga ta’sir o'tkazishidan xavotirda. Eder 2021 yilning yozida bo'ladigan Amerika kubogini o'tkazib yubormoqchi emas.

22 yoshli himoyachi joriy mavsum "Real" tarkibida 3 ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Defensacentral