“Milan”ning transfer nishonlari ma'lum - Iguain, Immobile va Verner

1 iyun 2018, 08:29
“Milan” yozda klub tarkibini kuchaytirmoqchi.

Jamoaning asosiy transfer maqsadi “Lacio” hujumchisi Chiro Immobile bo'lib turibdi. 

Shuningdek, milanliklar short-listidan “Yuventus” hujumchisi Gonsalo Iguain hamda “RB Leyptsig” forvardi Timo Verner ham o'rin olgan. Ikkala futbolchining transferi ham 70 mln evroga baholanmoqda. 

Agarda “Milan” moliyaviy feyr-pley muammolarini hal qila olmay, Yevropa Ligasidan chetda qoladigan bo'lsa, bor e'tiborini “Valensiya” hujumchisi Simone Zazaga qaratadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport