“Milan” yarim himoyachisi yana jarohat oldi

13 fev 2020, 08:07
Lukas Bigliya safdan chiqdi.

“Milan”ning argentinalik yarim himoyachisi Lukas Bigliyani eski jarohati bezovta qildi. Ma'lum bo'lishicha, futbolchining o'ng tizzasidan olgan eski jarohati bezovta qilgan. Hozircha Bigliyaning qancha muddatga safdan chiqqanligi ochiqlanmagan.

Joriy mavsum Lukas “Milan” safida atigi 7 ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italy