"Milan" yanvarda Zieshni o'ziniki qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
10 okt 2022, 17:53
Italiya klubi qishki transferlar oynasida Hakim Zieshni tarkibiga qo'shib olishi mumkin.

Marokashlik futbolchining yozda "San-Siro"ga o'tishi mumkinligi aytilgan edi. Biroq Ziesh "Stemford Brij"da qoldi. 

29 yoshli futbolchi yana milanliklar e'tiboriga tushdi. Italiyaliklar yanvarda Zieshni ijaraga olib, yozda uni jamoada doimiy saqlab qolish niyatida. 

Yarim himoya chizig'ida to'p tepuvchi Ziesh ushbu mavsum "Chelsi" tarkibida 5 ta o'yinda ko'rinish berdi. Uning transfer qiymati 20 mln evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb