"Milan" "Vilyarreal" futbolchisini sotib oldi

Aslanov Jasurbek
30 may 2017, 14:47
"Milan" "Vilyarreal" himoyachisi Mateo Musakkioni xarid qildi.

26 yoshli argentinalik bilan 2021 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzildi.

Oldinroq OAVda kelishuv 18 mln. evro evaziga amalga oshishi e'lon qilingan edi. Yakunlangan mavsumda Musakkio LaLiganing 22 ta uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com