

Tomonlar o'rtasidagi muloqot bir necha oy oldin boshlangan. Klub vingerga 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzishni va unga yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini kiritishni taklif qilmoqda.
Futbolchi taklifni qabul qilishga tayyor, uning maoshi yiliga 4 mln evrodan 5 mln evroga oshadi. Tez orada bitim rasmiylashtiriladi.
Pulishichning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, uni 2028 yilgacha uzaytirish imkoniyati mavjud.
Joriy mavsumda amerikalik futbolchi A Seriyada 21 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



