"Milan" Teo Ernandes bo'yicha kelib tushgan barcha takliflarni rad etgan

Sherzod Nurmatov
26 sen 2022, 11:45
"Rossoneri" futbolchiga umid bog'lamoqda.

O'tgan yozda "Milan" himoyachi Teo Ernandesni sotish bo'yicha barcha takliflarni rad qilgan. Buni klub texnik direktori Paolo Maldini ma'lum qildi.

"Teo – yuqori saviyali futbolchi. Takliflar nafaqat u, balki boshqa futbolchilar bo'yicha ham bo'lgan. Bizda o'yinchilarni sotishning hojati yo'q, moliyaviy jihatdan hammasi joyida. Biroq bizda sotish mumkin bo'lmagan futbolchilar yo'q", – dedi funkcioner.

Avvalroq milanliklar texnik direktori Maldini klub byudjeti haqida gapirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Milan News