Milan Nyangni xato tufayli Chempionlar ligasi ro'yxatiga qo'shmadi

Narzulla Saydullayev
4 sen 2013, 08:23
Milan Yevropa chempionlar ligasi uchun qaydnoma topshirishda xatoga yo'l qo'ydi.
Milan direktori Umberto Gandini hujjatlarni to'ldirishda Stefan El-Shaaravini A ro'yxatiga kiritdi, uni V ro'yxatiga kiritsa ham bo'lardi. B ro'yxatga 1992 yil   1 yanvaridan so'ng tug'ilgan va klubda ikki yildan ko'p o'ynagan futbolchilarni kiritish mumkin. El-Shaaravi A ro'yxatga kiritilgach, bu yerda hujumchi M’Baye Nyangga joy qolmadi.

Gandini o'z xatosini tan oldi hamda klub va muxlislardan uzr so'radi. Ammo Nyang baribir Chempionlar ligasida o'ynay olmaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru