"Milan" "Manchester Siti"ga taklif tayyorlamoqda

Mirjalol Normatov
22 avg 2021, 18:48
"Manchester Siti" futbolchisi Bernardu Silva "Milan" qiziqishlari doirasida.

"A Bola" xabariga ko'ra, "rossoneri" futbolchining ikki yillik ijarasi uchun 17,5 million evro to'lashga tayyor. Ushbu muddat yakunlangandan keyin portugaliyalik futbolchi 35 million evro evaziga milanliklarning to'laqonli a'zosiga aylanishi mumkin bo'ladi.

Shu orqali futbolchining transferidan "shaharliklar" 52,5 million evro ishlab oladi. 2017 yili klub uni sotib olish uchun "Monako"ga 50 million evro to'lagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola