“Milan” Keyta uchun 15 million evro va ikki futbolchisini taklif qilmoqda

Aslanov Jasurbek
23 avg 2017, 00:29
“Milan” rahbariyati Lacio hujumchisi Keyta Baldeni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Football Italia nashrining xabariga ko'ra, rossonerilar senegallik futbochli uchun 15 million evro va himoyachi Gabriel Paletta hamda hujumchi Nyangni ham taklif etishgan.

Keytaga da'vogarlik qilgan yana bir klub “Yuventus” edi. Ammo bugun turinliklari bosh direktori Beppe Marotta ushbu mavzu yopilganligini ma'lum qildi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia