"Milan" Florencini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi

Alisher
9 avg 2021, 18:47
"Roma" himoyachisi Alessandro Florenci klubini o'zgartirishi mumkin.

"Milan" Italiya terma jamoasi futbolchisini ijaraga olmoqchi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda.

"Rossonerilar" Rim klubiga 30 yoshli futbolchini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olish borasida murojaat qilishdi.

Agar ma'lum shartlar bajarilsa (o'yinlar soni va Chempionlar Ligasiga yo'llanma olish), xarid qilish huquqi majburiy bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Florenci so'nggi ikki mavsumni ijara asosida "Valensiya" va PSJda o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com