"Milan" Chalxanoglu bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Alisher
29 yanv 2021, 12:18
"Milan" rahbariyati turkiyalik xavbek Xakan Chalxanoglu bilan hamkorlikni davom ettirish bo'yicha muzokaralar o'tkazishdi.

Tomonlar 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi.

Klub hozirda 26 yoshli futbolchining bitimidagi moliyaviy shartlarni muhokama qilmoqda. "Rossonerilar" Chalxanogluga yiliga 4 million evro miqdorida maosh taklif qilishmoqda, ammo Xakan 5 million xohlamoqda. Tomonlarning tez orada kelishib olishlari kutilmoqda.

Turkiyalik xavbek joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira