"Milan" "Barselona" xarid qilmoqchi bo'lgan futbolchini ilib ketmoqchi

Aslanov Jasurbek
24 avg 2018, 15:42
PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo "Milan"ga o'tishi mumkin.

23 yoshli xavbek 2019 yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirishni xohlamadi. Futbolchining o'zi faoliyatini "Barselona"da davom ettirmoqchi, ammo Kataloniya klubi PSJ bilan kelisha olmadi. Raboga "Yuventus" va "Milan" ham qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "rossonerlar" Adrien Raboga juda yaxshi moliyaviy shartlarga ega bitim taklif qilmoqchi. PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel esa futbolchini jamoada saqlab qolish niyatida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le10Sport