Mikel Arteta: "Xavercni juda sog'ingan edik. Uning qaytishi jamoa uchun katta yordam bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2026, 16:37
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Kay Xavercning uzoq muddatli jarohatdan so'ng maydonga qaytgani haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Xaverc Angliya Kubogi 3-raundi doirasidagi "Portsmut"ga qarshi o'yinda (4:1) zaxiradan maydonga tushdi.

"Albatta, biz uni juda sog'ingan edik. Futbolda bir yil - bu juda uzoq vaqt, lekin u ajoyib sport formasida va o'ziga bo'lgan yuqori ishonch bilan qaytdi. U shunchalik aqlli futbolchidirki, boshqa sheriklari bilan tezda til topishib ketadi. Jamoadoshlari uni qanchalik yaxshi ko'rishini ko'rish mumkin edi: u jarima maydonchasi atrofida paydo bo'lgan har bir vaziyatda zaxira o'rindig'idagilar xursandchilikdan sakrashardi.

Ha, u safimizga qaytganidan juda xursandmiz. Kay bizga ko'p yordam beradi, endi esa uning yaxshi holatini saqlab qolishimiz kerak", - dedi Arteta klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: arsenal.com