Mikel Arteta: "Odamlar haqiqiy Suaresni bilishmaydi"

Tolibjon Qosimov
1 noya 2013, 17:50
"Arsenal" yarim himoyachisi Mikel Arteta premer-liga 10-turi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan intrevyu berib, Suaresning yozda "Arsenal"ga o'tmaganidan afsusda ekanini ta'kidladi.
"Afsuski, "Arsenal" yozda Suaresni sotib ololmay qoldi. Odamlar haqiqiy Luisni yaxshi bilishmaydi. U yoxshi yigit. Men u bilan yaxshi tanishman. Biz qo'shni edik va tez-tez bir-birimiznikida mehmon bo'lib turardik. U matbuot tomonidan tanqidlar ostida qolib ketganidan keyin ham u o'zini  qo'lga olib, avvalgi darajasiga chiqa oldi. Bu oson bo'lmadi. Chunki matbuot ko'pchilikni unga qarshi qayrab qo'yishga ulgurgandi. Menga yiqilganidan keyin, qayta o'rnidan turishga o'zida kuch topa oladigan bunday futbolchilar juda yoqadi", dedi Arteta.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru