MFL. Galiulin va 15 yoshli vunderkind 3-tur ramziy jamoasidan joy oldi

Eldor Akmurzayev
15 avg 2020, 19:25
Rossiya birinchi ligasida (MFL) tur ramziy termasi e'lon qilindi.

Tarkibdan "Nefteximik" a'zosi Vagiz Galiulin ham o'rin olgan. U "Enisey"ga (2:0) qarshi bahsda dublga erishib, jamoasiga 3 ochko keltirdi.

Shuningdek, termada “Chertanovo”ning yosh umidli hujumchisi Sergey Pinyaev ham bor. 15 yoshli rossiyalik “Irtish”ga (1:2) qarshi bellashuvda g'alaba to'pini kiritish bilan birga professional faoliyatidagi ilk golini urishga ham erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia