"Metallurg"ning 10 o'yinlik g'alabasiz seriyasi yakunlandi

Narzulla Saydullayev
12 apr 2014, 18:19
Bugun oliy liganing 5-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Maydon egalarining 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugagan o'yindan so'ng "Metallurg" bu mavsumdagi o'zining dastlabki ochkolarini qo'lga kiritdi.

Xabaringiz bor, 2014 yilgi mavsumning dastlabki to'rtta turida "Metallurg" bironta ochko ololmagandi. Bekobod klubi oliy ligadagi so'nggi g'alabasini o'tgan yilning 20-turida qo'lga kiritgan edi. O'shanda Mirsodiqov shogirdlari o'z maydonlarida "Nasaf"ni mag'lub etgandi.

Narzulla Saydullaev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia