"Metallurg" yana 2 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Iskandarov Abdulaziz
14 fev 2026, 09:50
Bekobodning "Metallurg" jamoasi tarkibga qo'shilgan futbolchilarni e'lon qilmoqda.

Klub kecha yana 2 nafar futbolchi Komiljon Tojiddinov va Ibrohim No'monov bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi. 

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumni 26 yoshli yarim himoyachi Komiljon Tojiddinov "Navbahor"da o'tkazdi va 13 ta bahsda maydonga tushdi. Tojiddinov futbolchilik faoliyati davomida "Navbahor-Farm", "Navbahor", "Katmandu Reyzrs" (Nepal) va "Yang Elefants" (Laos) klublari safida to'p tepgan.


No'monov esa o'tgan mavsumning dastlabki qismini "Mashal"da boshladi va keyinchalik "Buxoro" jamoasi safiga ko'chib o'tdi. Umumiy hisobda Superliga va O'zbekiston kubogi doirasida futbolchi 27 ta bahsda maydonga tushdi va 2 bor sheriklariga golli uzatma etkazib berdi. Ibrohim No'monov futbolchilik faoliyati davomida "Neftchi", OKMK, "Chizre Serhat Spor" (Turkiya), "Mashal U-21", "Mashal", "Qo'qon-1912" va "Buxoro" klublari safida to'p tepgan.


O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати