Ibrohim No'monov - “Qo'qon-1912" jamoasining yangi a'zosi

Nozimov Nig'monxo'ja
21 dek 2023
“Qo'qon-1912" jamoasi kelasi yil Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish maqsadida navbatdagi transferni amalga oshirdi.

"Jamoamiz o'tgan “Mashal” safida ajoyib o'yinlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo'lgan futbolchi Ibrohim No'monov bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv bir yilga mo'ljallangan.

Ibrohim No'monovni jamoamizning a'zosi bo'lgani bilan tabriklab qolamiz va unga “Qo'qon-1912" jamoasi bilan Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishini tilab qolamiz",-deyiladi qo'qonliklar matbuot xizmati.

Ibrohim No'monov

Tug'ilgan sanasi: 24.07.1996

Ampulasi: Yarim himoyachi

Ma'lumot uchun, Ibrohim No'monov o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golga sheriklariga assist qayd etdi.



Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати