"Metallurg" Turkiya yig'inida Makedoniya, Rossiya hamda Qozog'iston jamoalariga qarshi o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
18 yanv 2024, 13:30
Yangi mavsum tadorigini o'z qarorgohida – Bekobodda o'tkazayotgan "Metallurg" ushbu haftadan e'tiboran nazorat uchrashuvlariga kirishadi.

Dastlabki raqib Toshkentning "Paxtakor" jamoasi o'rinbosarlari bo'ladi. Uchrashuv 20 yanvar sanasiga rejalashtirilgan. Keyingi raqib esa "Xorazm" jamoasi bo'ladi.

"Metallurg" yanvar oyining oxirgi sanasigacha Bekobodda mashg'ulotlar olib boradi. 31 yanvardan 21 fevralga qadar esa yig'inning ikkinchi qismi xorijda – Turkiyada davom ettiriladi. "Metallurg" Antaliya hamda Belekdagi yig'inda Makedoniya, Rossiya hamda Qozog'iston klublariga qarshi olti o'yinda maydonga tushadi: 3 fevralda "Vardar", 4 fevralda "Chernomorec", 7 fevralda "Elimay", 17 fevralda "Orenburg", 18 fevralda "Enisey" klublariga qarshi nazorat o'yinlari bo'lib o'tadi. Vesko Steshevich shogirdlari 10 fevral sanasiga  rejalashtirgan o'yindagi raqibning nomi hozircha ma'lum emas.

Tayyorgarlikning so'nggi bosqichini "Metallurg" 23 fevraldan o'z qarorgohida davom ettiradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати