Mesut O'zil yangi shartnomasi haqida: Bu faoliyatimdagi eng muhim qarorlardan biri bo'ldi

2 fev 2018, 08:50
“Arsenal” bilan shartnomasini uzaytirgan O'zil o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Yangi shartnoma imzolaganimni g'urur bilan e'lon qilaman. Yana uch yil “Arsenal” bilan! Faoliyatimdagi eng muhim qarorlardan biri bo'ldi. Hammasini yaqinlarim bilan yaxshilab o'ylab ko'rdik. Men yuragim bilan tanladim. Har doim takrorlaganman, men bu yerda o'zimni uyimdagidek his qilaman. Kelgusi yillarda yanada ko'prog'iga erishish uchun g'ayratga to'laman”, -  deydi Mesut.



O'xshash yangiliklar


Manba: FootballHD.ru