Messining otasi Barselonada. Laporta yaqin kunlarda u bilan muzokaralarni boshlaydi

Alisher
19 apr 2021, 08:40
"Barselona" hujumchisi Lionel Messining otasi va agenti Xorxe Messi Kataloniya poytaxtiga keldi.

"Barsa" prezidenti Joan Laporta futbolchining vakili bilan yaqin kunlarda shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlashga tayyor. Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, rahbar hali ham argentinalikning "Barselona"da qolishiga ishonchi komil.

Messining "Barselona" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy yozda yakuniga etadi.

Leo joriy mavsum La Liga doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano