

PSJning argentinalik hujumchisi Lionel Messi 1 may kuni Saudiya Arabistoni Al-Hilol vakillari bilan uchrashib, uning klubga o'tishini muhokama qiladi, deb yozdi jurnalist Rudi Galetti tvittyerda.
Manba bergan xabarga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi uchrashuv Loren bilan o'yinning ertasiga bo'lib o'tadi. Saudiya klubi Messini yiliga 400 million evro maosh bilan futbol tarixidagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylantirmoqchi.
Messi va PSJ o'rtasidagi kelishuv yozda yakunlandi.



