Messi Vilanovaning xotirasini yodga oldi

26 apr 2020, 07:15
“Barselona” forvardi Lionel Messi 2014 yilning 25 aprelida saraton xastaligidan dunyodan ko'z yumgan kataloniyaliklar ustozi Tito Vilanovaning xotirasini yodga oldi.

U o'zining Instagrami “storis”ida “Tito abadiy” yozuvi tushirilgan banner oldida Vilanovaning o'zi tushgan fotosuratni  joylashtirdi.

Vilanova 2007 yildan boshlab Pep Gvardiolaga yordamchi bo'lib “Barselona-B” va “Barselona”da faoliyat yuritgan. 2012/2013 yilgi mavsumda u asosiy jamoani boshqargan.

Ilgariroq aynan Tito o'limidan oldin Messini jamoada qoldirishga ko'ndirganligi haqida xabarlar tarqatilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Лионель Мессининг Инстаграми