“Kamp Nou”da motam belgisi sifatida bayroqlar tushirildi

Narzulla Saydullayev
26 apr 2014, 13:45
Xabar berganimizdek, kecha oqshom “Barselona” klubining sobiq bosh murabbiyi Tito Vilanova ikki yil davom etgan saraton xastaligidan so'ng olamdan o'tgan edi.
Bugun erta tongdan “Barsa”ning uy stadioni xisoblangan “Kamp Nou”da motam belgisi sifatida bayroqlar tushirilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Vilanovani dafn etish marosimi dushanba kuni bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com