Messi PSJ bilan kelishgunga qadar "Atletiko"ga o'tishni jiddiy tarzda ko'rib chiqqan. Simeone transferni Lionel bilan muhokama qilgan

Alisher
10 avg 2021, 17:59
"Barselona" sobiq hujumchisi Lionel Messi faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin edi.

Argentinalik futbolchiga "Atletiko" qiziqish bildirgandi. Bu haqda Movistar+ jurnalist Ignasio Migeles xabar bermoqda.

Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeonening shaxsan o'zi 34 yoshli o'yinchi bilan ehtimoliy transferni muhokama qilgan.

Messi va uning oilasi bu variantni jiddiy tarzda ko'rib chiqishgan, ammo Lionel PSJni tanlagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/IgnacioMiguelez