Messi Neymar va Mbappeni yarashtirishga harakat qildi

Sherzod Nurmatov
15 sen 2022
Neymar va Kilian Mbappe o'rtasidagi mojaro hali yakun topmagan.

Lionel Messi braziliyalik yulduzni nisbatan yoshroq fransiyalik jamoadoshi bilan yarashtirish ishlarida yordam berishga harakat qildi, deb xabar berdi "L’Équipe". 

Argentinalik o'zining maqomi va darajasiga qaramay, tabiatan introvert hisoblanadi, shuning uchun u kiyim almashtirish xonasida yetakchilik qilishni yoqtirmaydi.

Messi kimnidir tarafida  turish yoki maruza qilishga urinmadi. Biroq Lionel Kilian Mbappe va Neymar o'rtasidagi keskinlikni kamaytirishga urindi.

Avvalroq Messi kelajagi bo'yicha qarorni 2023 yilda qabul qilishi ma'lum bo'lgan edi.

Mbappe "Yuve"ga qarshi o'yinda qabul qilgan qarorlar Neymarning jahlini chiqardi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe