Messi JCHda "gol+pas" tizimi bo'yicha 17 ochko to'pladi. Bu borada undan oldinda faqat uch futbolchi bor

Eldor Akmurzayev
10 dek 2022, 10:20
JCH-2022 chorak finalida Argentina TJ dramatik uchrashuvda (2:2, pen – 4:3) Niderlandiyadan ustun keldi.

Bahsda to'p kiritgan va assistga erishgan Lionel Messi musobaqadagi umumiy gollarini 10 taga, golli paslarini esa 7 taga etkazgan holda 17 ochko jamg'ardi. U bu borada Gjegoj Lyato (Polsha) bilan tenglashdi.

"Gol+pas" sistemasi bo'yicha Messidan oldinda faqatgina uch futbolchi bor: Miroslav Kloze (Germaniya, 16+3), Gerd Myuller (Germaniya, 14+5) hamda Ronaldo (Braziliya, 15+4).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta